Pulni tejab zakot bermaslik

Assalomu alaykum! Agar bir ayolni nisobdan oshgan puli bo‘lsa, lekin u ayolni eri tashlab ketgan yoki yo‘q bo‘lsa u ayol men xech qaerda ishlamayman, pulni tejab misqollab yiqqanimda shuncha yig‘dim, deb zakot bermasa bo‘ladimi? 2). Agar katta miqdorda puli bo‘la turib o‘zi boshqalardan zakot olsachi? Bunday xolatda u ayolga zakot berganlar muxtojga berayapmiz deb o‘ylagan bo‘lishsa, berishdan oldin u ayolni axli ilmlardan xisoblab, qarindosh bo‘lgani uchun bergan bo‘lsa, berishdan oldin “bu mening zakotim” deb bergan bo‘lsa, zakoti bo‘ynidan ado bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uni yiqqani zakot miqdoriga etsa jon-jon deb, shukur qilib zakotini bersin. Chunki zakot zohiridan kamayganga o‘xshagani bilan qolgan qismiga barakani yog‘ilishiga sabab bo‘ladi. 2). Zakot olishi harom amal bo‘ladi. Mabodo olib qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha egan harom taomi ibodatdan to‘sadi. Zakot beruvchilar surishtirib berishsin. Kambag‘al deb o‘ylab berishgan bo‘lsa zimmalaridan zakot ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar