Express 24 yoki MyTaxi da dasturchi bo‘lib ishlash

Assalomu alaykum! Men oxirgi oylar davomida dasturchilikni o‘rgandim va hozirda shu sohada ish qidiryapman. 2ta kompaniyadan taklif bo‘ldi ammo ikkala kompaniyaning ham shariatda zid bo‘lgan ishlarga aloqasi bo‘lgani uchun voz kechdim. Savolim shuki, Express24 (ovqat etkazib berish hizmati) yoki MyTaxi kompaniyalarida dasturchi bo‘lib ishlashning shariatga zid tomonlari yo‘qmi? Ya’ni express24 dasturi orqali etkazib berilayotgan taom halol bo‘lmasa yoki MyTaxi dasturi orqali haydovchi insonlarni zinoga yoki boshqa harom ishlarga elitib qo‘ysa (ammo bilamizki ikkala dasturning ham maqsadi odamlarga engillik yaratish), bu dasturni ishlab chiqgan menga o‘xshagan dasturchilar gunohida sherik bo‘lib topgan puli harom bo‘lib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asli shar’an joiz bo‘lgan narsani odamlar olib noshar’iy ishlarga ishlatishsa ishlab chiqaruvchi gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar