Vafot qilgan otani rozi qilish

Assalomu alaykum! Azizlar, agar ota o‘g‘ilni oq qilgan bo‘lsa, ota olamdan o‘tib ketgan bo‘lsa, buning echimi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! قال النبي ـ صلى الله عليه وسلم ـ : « إن العبد ليموت والداه أو أحدهما وإنه لهما لعاق فلا يزال يدعو لهما ويستغفر لهما حتى يكتبه الله بارًا  البيهقي في شعب الإيمان Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Albatta banda ota-onasining ikkisi yoki biri uni oq qilgan holda vafot topsa, so‘ng farzand ikkisining haqqiga duo qilishda va ularni mag‘firat qilishni so‘rashda bardavom bo‘lsa, ota-onasiga oq bo‘lgan bo‘lsa ham, Alloh taolo uni “ota-onasiga yaxshilik qilgan” deb yozib qo‘yadi” dedilar. Bayhaqiy rivoyati. وأخرج البيهقي في الشعب عن الأوزراعي قال : بلغني أن من عق والديه في حياتهم ثم قضى دينًا إن كان عليهما ، واستغفر لهما ، ولم يستسب لهما كتب بارًا ، ومن بر والديه في حياتهما ، ثم لم يقض دينًا إذا كان عليهما ، ولم يستغفر لهما ، واستسب لهما كتب عاقًا Avzoiy : “Kim ota-onasining hayotlik davrida ularga oq bo‘lib, vafotlaridan keyin bo‘lsa ham ota-onasining zimmasidagi qarzlarini ado qilsa va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rasa va ularga haqorat olib beradigan ishni qilmasa, “ota-onasiga yaxshilik qiluvchilardan” deb yozib qo‘yiladi. Kim ota-onasi hayotliklarida ularga yaxshilik qilsa, so‘ng vafot topganlaridan keyin zimmalaridagi qarzlarini ado qilmasa, gunohlarini mag‘firat qilinishini so‘ramasa va ularga haqora olib beradigan ishlarni qilsa, “ota-onasiga oq bo‘lgan” deb yoziladi”. Bayhaqiy rivoyati. Alloh taolo farzanda ota-onasiga haqiga qanday duo qilishni ta’lim berib “Nuh” surasi 28-oyatida marhamat qiladi : رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِمَنْ دَخَلَ بَيْتِيَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ 28. Robbim, meni mag‘firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo‘min bo‘lib kirganlarni va mo‘minlaru mo‘minalarni ham. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 140 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar