Gunoh sababli boshqa gunohga o‘tish

Assalomu alaykum! Bir gunoh undan kattaga gunohni qilishga sababchi bo‘lishi mumkinmi? Masalan ko‘z zinosi qigan odam ko‘z zinosi qilgani sababli shayton uni osonlikcha qo‘l zinosi qo‘l zinosini qigan odammi qo‘l zinosi sababli  shayton osonlicha jinsiy yaqinlik  zinosigaga o‘tqazib qo‘yishi mumkinmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!قال عبد الله بن المبارك رحمه الله : من تهاون بالأدب عوقب بحرمان السنن, ومن تهاون بالسنن , عوقب بحرمان الفرائض, ومن تهاون بالفرائض عوقب بحرمان المعرفة. شرح الأدب المفردAbdulloh ibn Muborak rahimahulloh aytadilar :“Kim odobni tark qilsa sunnatdan mahrum bo‘lish bilan jazolanadi. Kim sunnatga buparvolik qilsa farzdan mahrum bo‘lish bilan jazolanadi. Kim farzga beparvolik qilsa, Allohning ma’rifatidan mahrum bo‘lish ila jazolanadi”. (Sharhi Abab al-Mufrad).Xuddi shuningdek kichik xatolarga beparvo bo‘lgan kishi katta xatolar bilan jazolanadi. Katta xato qilganlar haromga yaqin amallar bilan jazolanadi. Haromga yaqin bo‘lganlar kufr bilan jazolanadi. Kufr bilan jazolanganlarning oqibati xunukdir.حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ، عَنْ عَامِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْحَلَالُ بَيِّنٌ وَالْحَرَامُ بَيِّنٌ، وَبَيْنَهُمَا مُشَبَّهَاتٌ لَا يَعْلَمُهَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، فَمَنِ اتَّقَى الْمُشَبَّهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِيِنِهِ وَعِرْضِهِ، وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ كَرَاعٍ يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى، يُوشِكُ أَنْ يُوَاقِعَهُ. أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى، أَلَا إِنَّ حِمَى اللهِ فِي أَرْضِهِ مَحَارِمُهُ، أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ، وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ. أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُNu’mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida ko‘p odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va sha’ni uchun o‘zini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qo‘riqxona atrofida cho‘ponlik qilib, unga o‘tib ketay degan cho‘ponga o‘xshaydi.Ogoh bo‘ling! Albatta, har bir podshohning qo‘riqxonasi bordir.Ogoh bo‘ling! Albatta, Allohning erdagi qo‘riqxonasi – harom qilgan narsalaridir.Ogoh bo‘ling! Tanada bir parcha go‘sht bor, u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘ling! O‘sha narsa qalbdir». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar