Qaynotaning ich kiyimini yuvish

Assalomu alaykum! Ustozlar, islom dini qaynotani ich kiymini yuvishga qanaqa qaraydi? Uyimizda hamma islomda, 5 mahal nomoz va Qur’on o‘qishadi. Lekin man eshitishim bo‘yicha kelin qaynotani ich kiymini yuvsa gunoh bo‘larkan. Bizani uyda qaynonam borla, qaynona qaynotam yoshlar. Bizani o‘zbek xalqida juda ko‘p oilalarda kelinlarimiz qaynotalarni ich kiymini yuvishadi. Iltimos bu savolni telegram tarmog‘iga qo‘ysangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Muhtaram kuyovlar ayolingiz ota-onangizni xizmatini qilishi, duolarini olishi oilangizni, tinch va barakotli bo‘lishi va kelgusida farzandlaringiz sizlarni ham xizmatingizda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta buni g‘animat bilish kerak. Lekin kelin qaynota va qaynonaning cho‘risi emas, xizmatni ham chegarasi bo‘ladi. Bu kabi ichkiyimlarni kelinga topshirish shariat doirasidan tashqari ish hisoblanadi. Afsuski shu kabi ishlarga beparvolik qilingani uchun shariat chegarasidan tashqari bo‘lgan ko‘p noxushliklar kelib chiqmoqda. Qaynota maykalarini echib kelinga massaj qildirmoqda, kalta ishtonlarda yotib oyoqlarini uqalatmoqda. Avrat joylariga yara chiqsa perevyazkasini yoki yonbosh(dumba)ga ukol qilishi kerak bo‘lsa shu ishlarni kelin qilmoqda. Vaholanki bu kelin emas balki ayol hamshiraning ham qiladigan ishi emas. Ming afsuslar bo‘lsin o‘zbek millatida hech qachon eshtilmagan ishlar sodir bo‘lmoqda. Hatto o‘g‘li o‘lsa qaynota keliniga uylanib olgan, kelin qaynotadan homilador bo‘lgan, bepusht farzandning xotiniga qaynotasi urug‘ini berib sun’iy urchitilgan va hokazolar bo‘lmoqda. Bularning barchasi Allohning qonuni bo‘yicha o‘g‘il bilan kelin o‘rtasidagi nikohni abadiy harom qiladi. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning oldilariga bir ayol kelib “Erim menga kelining yonimizda xizmatimizda yurganida ishtonini echib yursin, torroq kiyim kiysin deydi. Nima qilishga ham hayronman” deb aytgan ekan. Qaynotalarning ahvollari shu bo‘lsa hech bo‘lmasa o‘g‘illar ayollariga rahm qilishsin. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/652

21 Aprel 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar