Bir xonadondan ikki farzandga aqiqa qilish

Assalamu Alaykum! Bir kunda bitta honadonda aka bir farzandiga uka bir farzandiga bittadan yani har bir farzand uchun bittadan jami ikkita qo‘y so‘yib, so‘yilgan qo‘ydan dasturhon yozib, qori domla taklif etib, farzandlar haqqiga duo qilib Qur’ondan tilovat qilish joizmi? Qolgan go‘shtini qiynalgan oilalarga homligicha tarqatsak joizmi? Suyish jarayonida har bir farzandning nomi aytilib shu farzandga deb so‘yiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda hech qanday qiyin ish yo‘q. Shu ikki bola tarafidan aqiyqani niyat qildik “Bismillahi Allohu akbar” desa bo‘ldi. Boshqa hech qanday narsaga hojat yo‘q. go‘shtni xohlagancha ishlatish mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar