Avval xato qilib o‘qigan namozlarni qazosini o‘qish
Assalomu alaykum! Yoshim 28 da. Balog‘at yoshim qachon bo‘lganini bilmayman. Namoz o‘qishni 15 yoshdan ancha oldin boshlaganman (kattalarga qiziqib). Boshida besh vaqt namoz o‘qir edim, keyinchalik iymon susayib ko‘p qazo qildim. Hozir bilayapmanki boshida o‘qigan namozlarimda ancha xatolar bo‘lgan, lekin ilmim oshgani sari ularni to‘g‘rilab borganman. Qazo namozlarini qancha ekanligini hisoblashni iloji yo‘q. Balog‘at yoshiniyam. Shuning uchun, shu paytgacha o‘qilgan barcha namozlarni qazo hisoblab, balog‘at yoshini 15 yosh deb olib, barcha namozlarni qazosini o‘qish kerakmi yoki osonroq yo‘li bormi? Chunki bu holatda qazo namozlari juda ko‘p bo‘lib chiqadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan xatolar namozni buzadigan darajada bo‘lsa o‘shalarnigina farzini qayta o‘qish kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 149 | Namoz