Aqliy zaif bo‘lganlarni kalaka qilish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli hil aqli zaif bo‘lgan insonlarni videoga olib tarqatib yuborishganini ko‘ryapmiz. Shunday qilishning shariatdagi hukmi qanday? Shu haqida hadislar mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Hamaza" surasida marhamat qiladi:  وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ۝ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Ularga shu azobni o‘zi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar