Dam soldirish uchun

Assalomu alaykum! Ming bor uzr bu savol bilan ko‘p bora murojaat qilishgan ekan. Lekin o‘zimga tegishlisini topa olmadim. Menga bir Allohni tanigan iymonli tanishimiz o‘zingizga dam soldiring bu azaldan bor narsa dedilar. O‘zimga suralarni o‘qib dam sola olaman ilgari bu ishni qilmagan bo‘lsam ham. Savolim shuki agar boshqa iymonli e’tiqodli insonga dam soldirmoqchi bo‘lsam kimga borsam bo‘ladi? Masjid imomlari ayollarga dam solishlari mumkinmi? To‘g‘risi ulardan boshqa inson hayolimga kelmadi. Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingiz bilgan suralaringizni o‘qib o‘zingiz dam soling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar