Tijoratimiz sudxo‘rlik emasmi
Assalomu alaykum! O‘zim ham ayolim ham besh mahal namoz o‘qiymiz. Bizni bir savol qiynayapti gunohmasmikan deb, ba’zi sabablarga ko‘ra vaqtinchalik ishsizman. Yaqinda moshinam bor edi, sotgandim, o‘rtog‘im tijorat bilan shug‘ullanadi. Moshinaning pulini tijorat uchun berib turishimni va tushgan foydasidan oyma-oy ulushimni berishni aytdi. Men esa bu sudxo‘rlikka kirmaydimi desam yo‘q bu tadbirkorlikni bir yo‘li deyapti. Shu to‘g‘rimi yo sudxo‘rlikka kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni muzoraba deyiladi. Ammo muzoraba shartlariga tushmasa sudxo‘rlik bo‘ladi. Siz beradigan pulingizni yarmini qarz deb bering va yarmini o‘zingiz sherik bo‘lib tiking. O‘sha o‘zingiz tikkan pulning foydasini o‘zingizga olavering. Foydani har oyga yuz ming deb tayin qilmasdan ko‘rilgan butun foydaning o‘ndan beshi yoki nimaga kelishsangiz o‘shanday foizga kelishib oling. “Aylantirib ko‘nglingdan chiqarganini beraverasan” deyish bu sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:49 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom