Arendaga stol stul berish
Assalomu alaykum! Biz arendaga stol stullarni bir odamga bergandik. O‘sha odam "omad lato" degan o‘yin uchun olgandi. U o‘yinda odamlar pul berib yoki ko‘proq pul yutadi yoki yutkazadi. Ularni qilayotgan ishi qimorga kiradimi va biz arendaga stol stul berib ularni gunoxiga sherik bo‘lib qolmayapmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qimorga kiradi. Gunohiga tenma-teng sherik bo‘lasizlar. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom