Qur’ondan boshqa kitoblar o‘qish

Assalomu alaykum! 1. Shariatimizda Qur’oni Karimdan boshqa 3ta nozil bo‘lgan kitoblarni ilm izlash yoki taxlil maqsadida mutolaa qilishga ruxsat bormi? 2. Injil, Tavrot va Zaburda oxira zamon payg‘ambari xaqida keltirilgan oyatlar bor deydi ulamolarimiz. Biroq shunday bo‘lsa xam g‘ayridinlar iymon keltirishmaydi. Yuqorida aytilgan oyatlar kelgan bo‘lsa shu xaqda ma’lumot bersangizlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh filmlarni ko‘rganlar o‘zlarini mahramlariga fahsh ish qilishdan ham tiyilolmayapti. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson o‘qigan narsasidan albatta ta’sirlanadi.
Hozirgi kunda injilni o‘zgartirib yuborilgan. Agar hozirgi kungacha ularning kitoblari o‘zgarmay kelganida edi, ular albatta musulmon bo‘lishar edi. Chunki o‘zgartirishlaridan oldin kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bashoratlar bo‘lib, u zotga ergashishga buyurilgan. عن جابر رضي الله عنه عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي» . رواه أحمد، والبيهقي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar».
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:50 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar