Internetdagi tortishuvlar

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, Xazratim! Bizni sinov dunyosida yaratib, tarbiya qilgan Alloh Taologa olamdagi barcha Hamdlar bo‘lsin! Oliy Mavlo yaratganlari ichida eng buyugi, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v)ga cheksiz durudu salovotlar bo‘lsin! U kishi(s.a.v)ning ahli baytlari va ashoblaridan Alloh rozi bo‘lsin! Islom nozil bo‘lganidan beri unga xizmat qilib kelayotgan olimu fuzalolarga, jumladan sizga ham Allohning roziligi yog‘ilaversin!Xazratim, meni chuqur afsus va nadomatga solgan narsa shuki, ijtimoiy to‘r deb atalmish internet tizimida bo‘lib o‘tayotgan tortishuvdir. O‘zingiz bilasiz, Allohning Rosuli(s.a.v) Payg‘ambar bo‘lib tanilganlaridan keyin, U Zot(s.a.v)ga turli qavmlar, dinlar va dinsizlar tomonidan ta’na dashnomlar bo‘ldi. Turli kurakda turmas gaplar bilan U Zot(s.a.v)ni xaqorat qilishdi. Ammo Alloh ularga ko‘rsatdi...Men bir tanishimning undovi bilan shunday tortishuvlardan biriga kirdim. Alloh ularga o‘zi kifoya qilsin, yuqorida aytganimdek, kurukda turmas gaplar! Ajablanarlisi, o‘zbek tilida yozilayotgan fikrlar...Yani ularning sohiblari o‘zbek yigitlari va qizlaridir. Ba’zi birlari, xuddiki hammadan aqlliday, qolgan dinini, millatini, mintalitetini, sha’nini yaxshi ko‘rganlar mutaassib va qoloqday! Bundaylarni bilaman, internetda o‘tirvolib shunday harakatlar va nizolar orqali pul ishlashadi. Fitna-fasod chiqarib yayrashadi. Men mulohazasi tiniq, imoni butun kishilarga qarata :"Sizlar bu tortishuvga aralashmang, fikr bildirmang, foydasi yo‘q, bunaqalar tushunishmaydi!",-dedim. Ammo o‘zim sabr qilishga toqatim etmadi. Axir sabrni ham o‘z chegarasi bor ku, to‘g‘rimi, Xazrat? Hammasini birin-ketin men ham kurakda turmas (ammo faxsh so‘zlari emas) so‘zlar bilan so‘kib ketdim, fikrlari xatoligini isbotlashga urindim. Ammo nailoj, o‘zim aytganday foydasi bo‘lmadi! Meni tushungan insonlar so‘zimni olishdi, foydasi yo‘qligini bilib, yozmay qo‘yishdi. Men bir o‘zim qolib, axiri "senlarga Alloh hidoyat bersin, boshqa gapim yo‘q!",- dedim. Ular ko‘payganidan ko‘payar, menga qarshi fikr bildirishga urinishar edi...Xazratim, uzr, vaqtingizni oldim! Tinglaganingiz uchun rahmat! Savolim shuki, biz musulmonlar shunday xollarda nima qilishimiz kerak? Aralashmasak, do‘stlarimizni kalaka qilib, sen undoqsan bundoqsan, dining unaqa, dining bunaqa, deb tashlashadi. Eng yomoni, ular Payg‘ambarimiz(s.a.v)ni xaqoart qilishadi. Shunga ham bee’tiborlik qilsak, ular o‘ylashmaydimi, bular o‘zi qo‘rqoq, hich narsani bilishmaydi, deb?! Aralashsak, asabimiz buziladi, aytgan gaplarimiz ularning bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketadi. Xazratim, agar noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman!Rahmat, sizga, Xazratim! Ilohim uzun yillar islomga xizmat qilishingizni Alloh Taolo nasiyb aylasin! Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foyda etishidan umidsiz bo‘linsa, ovora bo‘lishning keragi yo‘q.

4 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar