Oila tinchligi uchun isitish
Assalomu alaykum! Sizga bir dugonammi iltimosi bilan mutojaat qilyapman. Dugonam ota onasini xohishi bilan turmushga chiqdi ammo erini umuman suymaydi, ajrashaman deydiyu farzandini ko‘zi qiymaydi. Erini suymagani uchun ham oilasida ko‘p urush bo‘ladi. Endi dugonam o‘zini o‘zi eriga isitib oilasini asrab qolmoqchi. Balki shunday qilsam janjallar ham tugaydi, tinch, erimni suyib yashayman deb o‘ylayapti. Oilasini saqlab qolish uchun bunday yo‘l tutishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa isitib beruvchi yo‘qda. Quyidagi duoni ko‘p o‘qib yursin.
Ayollardan biri aytadi.
Uzoq payt Nabiy sollallohu alayhissalomdan vorid bo‘lgan, Ibn Hibbon rivoyat qilgan ushbu: اللَّهُمَّ أَلِّفْ بَيْنَ قُلُوبِنَا، وَأَصْلِحْ ذَاتَ بَيْنِنَا، وَاهْدِنَا سُبُلَ السَّلَامِ "Allohumma allif bayna qulubinaa va aslih zota baynina, vahdinaa subulas salomi" deb zikr qilingan duoni aytib yurdim. Ilgari bu duoga e’tiborsiz bo‘lgan ekanman.
Subhonalloh! Ushbu duoni o‘qib yurish ila uyimda, farzandlarim, erim, ahlim va atrofimdagi barcha insonlar bilan murosada yashab, sokinlik va xotirjamlikni topdim. Sizlar ham ushbu duoni yodlab olinglar.
Uylarimizni va sizlarni uylaringiz ahvolini Alloh isloh qilsin! Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush