Qanday tushuntiray?

Assalomu alaykum Ustozlar.. Alloh , Sizlardan rozi bulsin.. 1-  Dinimga xavf solib turgan odam gunohish qilayotkanda undan (gunoxdan) qaytarish menga farzmi? U Inson meni yaqinim ota onam bulishi ham mumkun…  2- Meni ota onam namozga ruxsat bermaydi. Albatta bu ota onamning ilmsizliklaridan. Allohga qasam men ota onamni yaxshi ko‘raman.  Hech qanaqa tushintirish foyda bermadi va hozirda namozni ulardan holi bo‘lganimda o‘qiy olyapman.  Gohida vaqtidan kechikib gohida o‘z vaqtida. Iltimos maslahat beringlar. Yoshim 20 da.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizga o‘sha gunohdan ogohlantirib qo‘yish farz. Qaytarish shart emas. Chunki etkazib qo‘yish bandadan, natija esa Alloh taolodandir. Kutilgan natija bo‘lmasa tushkunlikka tushmaslik kerak, chunki bu holat “Natijaga erishish meni ishim ediku, lekin men qila olmadim” degan fikrga olib keladi. Bu esa Alloh taoloning xududiga o‘tish hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklarni hidoyatga chaqirganlarida ular rad javobini berishdi. U zot qattiq tushkunlikka tushdilar, shunda Alloh taolo “Yunus” surasida : وَلَوْ شَاء رَبُّكَ لآمَنَ مَن فِي الأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّى يَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ۝ 99. Agar Robbing xohlasa, er yuzidagi kishilarning barchasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni mo‘min bo‘lishga majburlaysanmi? Sen hammaning birday mo‘min bo‘lmaganiga ko‘p ham kuyunaverma. Ularning hammasi iymonga kelishi shart emas. Agar shu narsa zarur bo‘lganda, Alloh taolo ularning hammasini avval boshdan mo‘min qilib yaratar edi yoki mo‘min bo‘lishga majbur etar edi. Ha, «Agar Robbing xohlasa, er yuzidagi kishilarning barchasi iymonga kelar edilar». Lekin barcha hikmatlarning sohibi bo‘lgan U Zot bunday qilmadi. Insonni yaxshilik va yomonlik, iymon va kufrga layoqat bilan yaratdi. Unga u yoki bu yo‘lni tanlab olish ixtiyorini berdi. Alloh insonga to‘g‘ridan noto‘g‘rini ajratadigan aql ham berdi. U Zot aqllarga eng oson yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yubordi. Kitoblar nozil qildi. Ya’ni har bir odamning to‘g‘ri yo‘lni topib olishiga har jihatdan imkoniyat yaratdi. Ana o‘sha omillar orqali har bir odam to‘g‘ri yo‘lni topib olishi yoki aksincha, aqlini ishlatmay, zalolatda qolishi ham mumkin. Shunday qilib, iymon ishi ixtiyorli bo‘ldi. «Yoki sen odamlarni mo‘min bo‘lishga majburlaysanmi?» Yo‘q, albatta, iymon ishi qalbga bog‘liq. Bu borada majburlash foydasizdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). deb marhamat qildi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 131 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar