Ro‘zamni kafforati qancha

Assalomu alaykum! Men avvalgi yillarda ro‘zador bolib har yili 2-3 marttadan ro‘zamni qasddan ochib yuborganman, bir yili umuman tutmadim, bu ishimdan afsusdaman, tavba qilib alloh uchun ularni kafforatini tutib bermoqchiman, men qancha muddat ro‘zamni kafforatini tutib beraman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir ramazonda necha bor qasddan ochib yuborsa ham bitta kafforat. Bunga hamma ittifoq qilgan. Bir necha ramazonda bir kundan yoki bir necha kundan qasddan buzgan bo‘lsachi? Bu borada fuqaholar ikki xil fikrni aytganlar.1). Nechta ramazonda qasddan buzgan bo‘lsa hammasi uchun bitta kafforat. Keksa yoki zaiflar shu fatvoga amal qilsalar bo‘ladi. 2). Nechta ramazonda buzgan bo‘lsa har bir buzganiga alohida alohida kafforat. Masalan 3 yil ramazonda bir necha bor buzgan bo‘lsa, uchta 60 kundan alohida alohida kafforat. Toqati etgach shuni qilsa, ixtilofsiz kafforati ado bo‘lgan bo‘ladi va afzali ham shu. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar