Yomon odatlardan qutilish

Assalomu alaykum! Yoshim 34. Ko‘p yillardan beri yomon bir aytib bo‘maydigan(uyalaman) odatim bor. Shuni tashlay olmayapman. Shu yoshimgacha ayshi ishratda o‘tdi umrim. Xech narsaga erisholmadim. Malumotim oliy lekin topish tutishimga baraka yo‘q. Iyun oyida namoz o‘qishni boshladim, lekin o‘sha odatimndan qutula olmayapman. Iltimos menga yordam beringlar maslaxatingiz zarur nima qilsam bo‘ladi? Allohni qaxridan qo‘rqaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “Ey Allohim, meni bu gunohlardan tiyilishimga O‘zing madad ber. Aks holda azobinga duchor bo‘laman” deb ko‘p duo qiling. Muhammad TAqiy Usmoniy hafizahulloh shu duoni ko‘p aytib yuringlar deganlar. Chin dildan so‘rasangiz Alloh buni ham beradi. Yana ko‘proq “Laa havla valaa quvvata illaaa billah” ni ham ayting. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar