Nogironing xaqini vaqtida bermaslik

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr axli xayati azolari! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Men Birinchi gurux nogironiman (tug‘ma) Alxamdullox oylaliman, xozirgi kunda 3 nafar farzandim bor. Mexnatga zaifman. Allohga shukur aqlim raso, boshimda baxtimga ota onam bor ekan. Uylangan kunim ertasiga otam menga (9 yil avval) mo‘maygina pul berdilar. O‘g‘lim aqling raso, xech kimni xech kimga bog‘lab bermagan ubu ish qilgin sen xam masuliyatli bo‘l oylalisan deb. Men shu yillar ichida ko‘plab tijoratlar keldim goxida yutqazdim goxida yutdim. Shu orqali oilamni nafaqasini qilib keldim va oylam oldida erkaklik burchimni oda etib keldim. 5yil avval bir tanishim bir ish qilamiz dedi. O‘sha paytda 2000$ ga menga pulimdan foydalanganligi uchun xar oy 200.000 so‘m beraman dedi. Meni ishim yaxshi menga oborotimga deb oldi, sharoitm og‘ir, oilada 1 o‘g‘ilman, pulim yo‘q moshinam arenda, qanidi pulim bo‘lganda degandi. Sizga bemalol arzimagan 200.000so‘m beraman degan edi. Man shu pulni 4 oy oldim. Keyin bir tanishim bu yaxshi ish emas dedi u bola qiynalib to‘lavotti olma gunox dedi. Shunda man pulni tanini qaytarishini so‘radim, u esa pul yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi. Endi nima qilamiz desam, oka yana tikin, mani foydamdan o‘sha 2000 echib olas boshqa ilojisi yo‘q dedi, shunga xam ko‘ndim, lekin xar safar muammosi chiqaverdi orada bitta bolasi ikkita bo‘ldi, uyini remont qildi qarzi 2600$ ga etdi. Man bu yil boshida aytdim unga mani pulim mani boqadi, sani imkoniyatin manikidan yaxshiroq oyoq qo‘lin butun manga o‘sha qarzidan xar oy 50dan ber o‘shani xam berganinda 3 yil kerak. Shuni xam eplayolmayapti. Vaxolanki arendasiga, uy ro‘zhoriga, bolasini pampersiga, o‘zini yurish turishiga, yaqinda singlisini potaxasiga pul bor. Savolim: tanishimdan qanday qilib xaqimni olay? Tanishimga mani xaqimni bermay yurib bolariga, uyiga, to‘ylariga ishlatib yurishi yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz oyiga 200dan berasiz deb sudxo‘rlik qilgansiz. Biror ahli ilmdan maslahat so‘rab berganingizda edi. Qanday olishni imkonini qilsangiz o‘shanday olishga shariat ruxsat beradi. Olib beradigan kuchli insonni ijaraga olishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar