Kiyimning xolati

Assalomu alaykum! Mening qariypki xamma kiyimlarimga ko‘zni yaqinlashtirganimda yorug‘likni ko‘raman va shu bilan biror bir narsani ko‘rish mumkin. Shuning uchun men ikki qavat kiyib namoz o‘qiyman. Boshqa javoblarda men kiyim tana a’zolarini ko‘rsatatigan darajada bo‘lmasligi kerak deb o‘qigandim. Mening shim va trikolarim oddiy xolatda xech narsani ko‘rsatmaydi, lekin ko‘zni yaqinlashtirsak ko‘rinadi. Va shu bilan birga xar qanday kiyimni quyoshga qo‘ysak u nurni barbir o‘tkazadiku to‘g‘rimi? Shu asoslarga binoan men o‘sha shim va trikolarimni bir qavat kiyib namoz o‘qiyversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik vasvasaga berilib chuqurlashmang. Ustingizda turganida avratlaringiz ko‘rinmaydigan darajada qalin va a’zolarni bilintirib turadigan darajada tor bo‘lmasa kiyavering. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar