40 kun masjidda jamoat bilan namoz o‘qish

Assalomu alaykum! 40 kun 5 maxal Imom Allohu Akbar deb namozni boshlaguniga qadar masjidga etib borib namozlarini ado qilsa Allohdan nima soralsa ijobat boladi degan hadis bormi? Ba’zi joylarda 40 maxal 8 kun oqisa ham boladi deyishdi. Iltimos shu savolimga aniqlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى لِلَّهِ أَرْبَعِينَ يَوْمًا فِي جَمَاعَةٍ يُدْرِكُ التَّكْبِيرَةَ الْأُولَى، كُتِبَتْ لَهُ بَرَاءَتَانِ: بَرَاءَةٌ مِنَ النَّارِ، وَبَرَاءَةٌ مِنَ النِّفَاقِ  Anas Ibn Molikdan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiriq kun birinchi takbiraga etishib jamoatta namoz o‘qisa, unga ikki ozodlik yoziladi, do‘zahdan ozodlik va nifoqdan (munofiqlikdan) ozodlik», dedilar».
Imom Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 192 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar