O‘zini birovni o‘rniga qo‘yib ko‘rmasdan gapirish
Assalomu alaykum! Biz janubiy Koreyada katta qurilishda ishlaymiz. Bizni boshlig‘imiz Koreets, koreetsni ishini yurgizadigan o‘zimizni vatandoshimiz. O‘sha vatandoshimiz qo‘lidan keganicha qo‘lida xunari yo‘q odamlarni, ishsiz qolgan odamlarni ishga joylashtirgan(savob uchun) va u kishilar uchun gap xam eshitadi, maoshlariniyam ishiga yarasha olib beradi, lekin ishchilar shuni gapini tinglamasdan norozi bo‘lib, shu odamniyam ishga olding mani o‘rtog‘imni, ukamni, akamni, tog‘amniyam shu ishga kirgizishni ilojisi yo‘qmi deb xafa bo‘lib. Shu odamni yomon ko‘rib gapga kelib qoladi(ishga kirgizish vaziyati xamma payt xar xil kiyinchiligiyam osonchiligiyam bor). Bunday axvolda nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson har bir ishini ochiq-oydin qilsa bunday holatda ham bori shu deb turaveradi. Yaxshilik qilgan inson malomatdan xoli bo‘lmaydi. Aslida malomat qilish, Alloh taolo tarafidan u inson amalini Xudo uchunmi yoki boshqa narsa uchunligini bildirib qo‘yish uchun og‘zidan chiqarib qo‘yishidir. O‘sha malomat vaqtida inson qilgan amalini nima uchun qilganini gapirib yuboradi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar