Umrada adras kiyish

Assalomu alaykum! Onamlani savollari bor edi: Umrada, exrom niyat qilinganda ayollar gulsiz ko‘ylak kiyishlari yozilgan. "Hadis va hayot" kitobining 10-juzida xam keltirilgan. Umrada, exrom kiyganimda esimdan chiqib adras nimchani kiyibman. Ko‘nglim xira bo‘lib qoldi. Buning xukmi qanday? Xato qilib qo‘ymadimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar uchun hech qanday maxsus kiyim yo‘q. Xohlasalar xohlagan rangdagi ikki sharti topilgan kiyimni kiyishlari mumkin. Ichi ko‘rinadigan darajada yupqa shaffof bo‘lmasligi va a’zolarni bo‘rttirib ko‘rsatib turadigan darajada tor bo‘lmasligi. Albatta yuz, kaft va tufuqdan pastidan boshqa joylarini berkitadigan bo‘lishi farz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 204 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar