Janozadan keyin dafnga qatnashish
Assalomu alaykum! Ustozlar janoza namozi o‘qilgandan keyin masjidda tobut bilan birga qo‘shilib qabristonga ketsak joizmi yo masjidda mayyitni xaqiga duoi fotixa o‘qiladi shunga qolib duoi fotixaga qatnashish joizmi? Ko‘p kishi qabristongacha bormay masjiddan uylarigami ishlarigami ketishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dafn qilishga ham qatnashsa albatta savobi ko‘proq bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ شَهِدَ الْجَنَازَةَ حَتَّى يُصَلِّيَ عَلَيْهَا فَلَهُ قِيرَاطٌ، وَمَنْ شَهِدَ حَتَّى تُدْفَنَ كَانَ لَهُ قِيرَاطَانِ، قِيلَ: وَمَا الْقِيرَاطَانِ؟ قَالَ: مِثْلُ الْجَبَلَيْنِ الْعَظِيمَيْنِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: أَصْغَرُهُمَا مِثْلُ أُحُدٍ. وَكَانَ ابْنُ عُمَرَ يُصَلِّي عَلَيْهَا، ثُمَّ يَنْصَرِفُ. فَلَمَّا بَلَغَهُ حَدِيثُ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: لَقَدْ ضَيَّعْنَا قَرَارِيطَ كَثِيرَةً Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim janozaga namoz o‘qilgunicha hozir bo‘lsa, unga bir qiyrot savob, kim dafn qilingunicha hozir bo‘lsa, unga ikki qiyrot savob», dedilar».
«Ikki qiyrot nimadir?» deyildi.
«Ikki ulkan toqqa o‘xshash narsa», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Boshqa bir rivoyatda:
«Ikkovlaridan kichigi Uhudga o‘xshash», deyilgan.
«Ibn Umar janozaga namoz o‘qib, qaytib ketar edilar. U kishiga Abu Hurayraning hadisi etganda:
«Batahqiq, ko‘plab qiyrotlarni zoe qilibmiz», dedi».
Sharh: Ushbu hadisda janozaga hozir bo‘lish, janoza namozini o‘qish katta savobga sabab bo‘lishi, dafn etishda qatnashgan kishi yana shuncha savobga ega bo‘lishi haqida so‘z bormoqda.
Ulkan tog‘dek savob oz narsa emas. Albatta, bu narsa janozaga savob umidida qatnashgan kishilarga beriladi. Janoza va dafnga boshqa umid bilan borganlarga esa o‘sha umid qilgan narsalari beriladi. Ushbu ma’noni ulamolarimiz alohida ta’kidlaganlar. Chunki boshqa hadislarda ushbu ma’no o‘z aksini topgan.
Ibn Umar roziyallohu anhuning tasarruflaridan esa ba’zan ulkan va olim sahobalar ham ba’zi masalalardan xabardor bo‘lmay qolishlari mumkinligini tushunamiz. Shu bilan birga, ularning kamtarliklari, ilm etganda darhol qabul qilishlarini anglaymiz. Bizlar ham ulardan o‘rnak olishimiz kerak bo‘ladi.
Ushbu hadisi sharifga amal qilib, doimo janoza namoziga hozir bo‘lib, uni o‘qishga va may-yitni dafn qilishda ham qatnashishga harakat qilishimiz lozim.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar