Bemor o‘tirgan holda namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Men yaqinda varikotsel degan erkaklar kasali bor. Shu kasallikni davolash uchun operatsiya qilinaman. Operatsiyadan so‘ng tikilgan joy bo‘ladi va sal harakatga yirtilib ketib ehtimoli yo‘q emas. Savolim shundan iborat: Namozni qazo qilishni juda yomon ko‘raman, u uzrli yoki uzrsiz bo‘lsin, operatsiya payti aniq 1ta yoki 2ta namozim qazo bo‘larkan(Allohni o‘zi kechirsin) shunda men operatsiyadan so‘ng qanday yo‘l tutishim kerak ya’ni operatsiyadan keyin namoz o‘qisam tikilgan joy ochilib ketish xavfi bo‘lsa va shifokor ruxsat bermasa. Shunday paytda o‘tirib ham namoz o‘qisam bo‘ladimi? Shu holatda namozim qabul bo‘ladimi to yara bitgunicha shu zaylda namoz o‘qisam?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilsangiz ochilmaydigan bo‘lsa shunday namoz o‘qiyverasiz. O‘tirib o‘qisangiz qulay bo‘lsa o‘tirib, o‘tirsangiz ochilib ketadigan bo‘lsa yotib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar