Do‘stlarimni qimorga pul tikishi

Assalomu alaykum! Mening oylik maoshim plastik kartaga tushadi. Do‘stlarim o‘zlarining xisobiga qanchadir miqdorda pul o‘tkazib berishimni so‘rashadi va men o‘tkazib bergancha miqdorda pulni menga berishadi. Agar men o‘tkazib bergan pulni ular 1xbet deb nomlangan qimorga tikishsa meni ulardan olgan pulim xarom bo‘ladimi? Ya’ni oylik maoshimga xarom aralashgan bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha narsaga tikishi aniq bo‘lsa berishingiz gunohga yordam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:01 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar