Qiz bolani uylangan odamga berish
Assalomu alaykum! O‘zining xolis yordamini ayamay savollarga javob beruvchi ahli ilmlar! Alloh barcha yaxshiliklaringizni ajrini ziyoda qilib bersin ilohim. Men turmush qurish yoshidagi bir muslimaman. Oilamiz meni yaxshi joyga, ilmli, taqvoli insonlar xonadoniga berishga qasd qilganlar. Uyga ko‘plab sovchilar kelmoqda. Kelgan sovchilarni aytgan gaplariga qarab yoki o‘zlariga qarab javob berib yuboradilar. Ularning o‘g‘illari bilan uchrashib ko‘rishga qo‘yishmaydi. Qachonki yaxshi odam ekanliklari oilamizga ma’lum bo‘lsa keyin uchrashtirmoqchi bo‘lishadi. Albatta bu harakatlari men uchun ham juda qulay. Shunday qilib bir oiladan sovchi keldi. Tasodif tufaylimi yoki nasibmi, ularning o‘g‘illari bilan uchrashishga to‘g‘ri keldi. Kelajakdagi maqsadlarimiz bir ekanligi va qandaydir ruhiy yaqinlik sabab bo‘lib ular menga biroz ma’qulroqdek bo‘ldilar. Din-diyonati, xulqi ham chiroyli edi. Keyin yana bir marta ko‘rishdik ota-onalarimiz roziligi bilan. Suhbat davomida oldin uylangan ekanliklarini va qisqa fursatgina yashaganliklarini aytdilar. Bu paytda meni ko‘nglimda unga mayl bo‘lib ulgurgandi. Uydagilar buni eshitib bermaymiz deb qolishdi. Shu odam menga ma’qul bo‘lgandi desam meni gapimni noto‘g‘ri tushunishdi. Bular oldindan tanish bo‘lishgan shekilli yoki qizning aybi bor shekilli degan gumonlar paydo bo‘ldi hatto. Bu gaplardan so‘ng kelajakdan maqsadim, umidim ham so‘nib boryapti. Men haqimda bunday yomon gumon qilishliklari xayolimga kelgan emas. Tushkunlikka tushib qoldim. G‘azabni engishga qanchalik harakat qilmay eplay olmayapman. Onam meni tushunarlar deb ularga ko‘nglimni ochsam, "meni qo‘limdan hech nima kelmaydi, seni oldin uylangan odamga bermayman. Otalaring bunga qattiq qarshi. Mayli kimgadir uzatsam hayoting yaxshi bo‘lmasa keyin rozimiz. Ammo birinchi marta uylanmagan odamga tegasan" dedilar. Men bilaman, nikoh umrbodga niyat qilib quriladi. Kimgadir turmushga chiqib, uni ham baxtsiz qilib, "uylangan" degan nomni yozdirib narigi yigitni ahvoliga solishni ham istamayman. Bizni taraflarda diniy ilm biroz pastroq. Bittadan ortiqqa uylanish yoki uylanganga qiz berish kabi masalalarda o‘zlarini aqllari bilan fikr qiladilar. Qur’on o‘qidim, ko‘p duo qildim, zikr qildim, e’tikof o‘tirdim. Duolarim ijobat bo‘lgan-bo‘lmaganini bildiradigan biror signal ko‘rmayapman. Nima qilarimni bilmay qoldim. Sabrsizlik qilib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Allohga osiy bo‘lishdan panoh tilayman. Men moddiyatga ahamiyatsiz qarashim, zohirdan emas, botindan xulosa qilishga odatlangandim. Insonlarni tashqi belgilariga qarab ajratishni yoqtirmayman. Ular buni tushunmayaptilar. Kunlarim mazmunsiz, oq-qora rangdan iborat bo‘lib qoldi. Kelajak haqida o‘ylasam ham ko‘z oldimda zulmatli hayot paydo bo‘lyapti. Ammo mening kelajakdan umidim katta edi. Ishonchli qadamlar tashlashga, jamiyatga foydam tegadigan inson bo‘lishga niyat qilgandim. Tobora umidlarim so‘nib boryapti. Iltimos maslahatingizni ayamang. Zero u meni kelajagimni belgilaydi. Iltimos telegram ijtimoiy tarmog‘iga ham joylasangizlar. Sizlardan Alloh rozi bòlsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unchalik moyil bo‘lsangiz oldin uylanganini aytishga hojat yo‘q edi. Inson bir zarbada umidsizlanishi muslimaga munosib emas.
Robbi hablii minassoolihiyn deb ko‘p o‘qib yuring. Dini va xulqiga rozi bo‘ladigan darajadagisi kelsa rozi bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unchalik moyil bo‘lsangiz oldin uylanganini aytishga hojat yo‘q edi. Inson bir zarbada umidsizlanishi muslimaga munosib emas.
Robbi hablii minassoolihiyn deb ko‘p o‘qib yuring. Dini va xulqiga rozi bo‘ladigan darajadagisi kelsa rozi bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar