Zakot kimning bo‘yniga
Assalomu alaykum! Biz oilada 3 o‘g‘ilmiz. Men eng kichigiman, oilaviy tseximiz bor. Tsexga katta akam asos solgan. Xamma pul katta akamni uyida turadi. Kichik akam va men, o‘zimizga va oilalarimizga zarur pulni kerak vaqtda olamiz, ortiqcha pul uyda saqlamaymiz. Xozirda meni tsexdagi ishlab chiqarishdagi o‘rnim, keltiryotgan foydam yiliga ortib boryapti. Akamdagi pul manimcha nisobdan o‘tganligi aniq, lekin aniq qanchaligini bilmayman, u puldan zakot berib yurganiniyam bilmayman. Mabodo bermay yurgan bo‘lsa uning gunoxiga men xam sherik bo‘lib qolmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz va boshqalar tsexda kim, mablag‘ kimniki hammasini aniq qilib olishinglar kerak. Siz oylikka ishchi bo‘lsangiz pulingiz nisobga etganda zimmangizga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 137 | Zakot