Talaba ham musofirmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, sizga bermoqchi bo‘lgan savolim muhtaram shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Mo‘minning me’roji-mufassal namoz kitobida yozilishicha musofir uch kechayu uch kunduz masofaga, ya’ni 96 km o‘z uyidan uzoqqa va 15kunga chiqqan kishi ekan, agar talabalar har o‘n besh kunda uyga qaytsa ham musofir sanaladimi (shu masofadan ortsa), bu savolni berishimga sabab farz namozlarining qasr qilinishi vojib degan joyini o‘qib qolganim uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz 15 kun deb tahminiy aytmasdan aniq kunlarni ayting. Chunki yarim kun farq qilsa ham hukm o‘zgarib ketadi. O‘qish joyingizga etib kelib, joylashgan vaqtdan to o‘sha joydan chiqib ketguningizcha 15 kecha-kunduzdan kam bo‘lsa o‘sha o‘qish joyingizda musofir hisoblanadi. To‘liq 15 kecha-kunduz yoki undan ko‘p bo‘lsa muqim hisoblanasiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar