Namoz vaktlari

Assalamu alaykum Shayx janoblari!Mamlakatimizdagi deyarli xamma masjidlarda jamoat namozi Diniy idora tarafidan tavsiya kilingan takvim asosida ado kilinadi. Masalan Bomdod vakti xozirda 02:50da kirsa bizda ancha chuzib 04:15da jamoat koim buladi. Shiningdek peshin namozi 12:20da kirsa bizda roppa-rosa 13:00da ado kilinadi. Undan oldin xam keyin xam emas. Kishin yozin bir xil vakt. Vaxolanki kishda peshin vakti undan xam vaktli kiradi... Bizda turli xil vaziyat buladi. Jamoat namozni barchasini masjidda ado kilishga ishtiyokimiz, ixlosimiz kuchli. Ammo peshin namozi 13:00da bulishi bizga kiyinchilik tugdirmokda. 12:00dan 12:20gacha tushlik kilib chikib vaktimizni kolgani bush buladi. Bu vaktda kaerda namoz ukiymiz? Davlat idorasida ishlasak u erda namozni ado kilmokchi bulsak ruxsat berishmasa, karshilik kursatishsa, joynamozlarimizni olib kuyishsa. Baraka topkur unda Masjidga chikib ado kilib kelaylik desak mazkur vaktda ruxsat bermasa yoki chikib keladigan bulsak kelishmovchilik kelib chiksa biz nima kilishimiz kerak? Bu xakda Respublika diniy idorasiga murojaat kilganda xam ular bu xolga e’tibor berish u yokda tursin bu masalani islox kilishni uylab xam kurmaydilar...Xat-xujjatlarga esa umuman parvo xam kilmaydilar... Yoki masalan Asr namozi vakti. Shomga ikki soat kolganda ado kilinadi. Bu narsa kaerdan kelib chikkan? Xozirda Asr vakti takriban 16:30da kiradi. Fakat bizning takvimda 17:50 deb kursatilgan. Axir Asr namozi har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki misl bo‘lgandan keyin kiradi degan xadisga tamoman zidku. Lekin bizda chuzib 18:00da ado kilinadi... Roppa-rosa bir yarim soat chuzib ukish bu degani kasddan kech ukish degani emasmi? Axir namoz vaktida farz degan xadislarga kachon amal kilamiz?Xurmatli shayx janoblari! Mazkur masalani kurib chikish imkoniyati mavjudmi? Namozlarimizni muxofaza kilish uchun nima kilishimiz kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulohazalaringiz to‘g‘ri. Joriy taqvim haqida yana boshqa mulohazalar ham bor. Buni bizning sahiyfadagi taqvimdan ham bilib olsangiz bo‘ladi. Bu masalada biz ham diniy idora bilan gaplashish niyatidamiz. Jamoat namozlarning vaqtini o‘zgartishni ham aytib ko‘ramiz.

20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar