Zaruratning me’yori

Assalomu alaykum! Majburiy avto sug‘urta haqida: "O‘zbekistonda avto sug‘urta majburiy, busiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi, biz ham qildiramiz" deb yozilgan ekan. Hozirgi kunda ipoteka kreditiga ruxsat berayotgan "ahli ilmlar" ko‘payib ketdi. Daliliga zarurat haromni ketkazadi degan qoidani keltirishadi. Masjidga kelib bavl qilgan a’robiyning hadisini ham keltirishadi, ya’ni sahobalar (r.a) uni bavl qilishdan to‘xtatmoqchi bo‘lishganda, Payg‘ambarimiz ﷺ ularni qaytarganlari, bu esa o‘z o‘rinda kattaroq zararni oldini olganini aytishadi. Zarurat-hayot va o‘lim masalasi bo‘lsagina, yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydigan zarar keltirsagina haromni halol qiladi, deb ularga raddiya berilsa, ular nega unda mashinangni sug‘urta qildirgansan, deb javob qaytarishadi. Mashina hayot-mamot masalasi emas, qolaversa ommaviy transportda yoki piyoda yursa ham bo‘ladi. Lekin ulamolar majburiy sug‘urtaga ruxsat berishganini bilaman, ipoteka kreditiga ruxsat bergan katta ulamolarni bilmayman. Savol shundan iboratki, zarurat nima bilan o‘lchanadi. Faqat hayot-mamot masalasi bo‘lishi kerakmi, yoki mashina sug‘urtasiga o‘xshagan hollarda ham zarurat hosil bo‘ladimi? Mashinasiz hayoti o‘tadiganlar, sug‘urtadan saqlanish uchun mashina olmagani taqvoga yaqinroqmi? Ba’zi bir davlatlar kabi, uylarning narxi o‘rtacha odam yuz yil emasdan-ichmasdan ishlab, pul yig‘ib uy sotib o‘lishi mumkin bo‘ladigan darajada ko‘tarilib ketsa, ipoteka kreditini halol qilib beradigan zarurat hosil bo‘ladimi? Barakallohu fikum!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha bo‘ladi. Halol emas muboh bo‘ladi. O‘shanda ham ijarada o‘tirish qiyin bo‘lsa. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar