Gunohga guvoh bo‘lish

Assalomu alaykum! Oziq-ovqat do‘konlariga savdo qilgani borganimda bazi bir kishilar aroq sigaret va nos olayotganini guvohi bo‘lib qolaman. Ularga bu qilayotgan ishlari yomon ekanligini aytolmayman, lekin aytgim keladi xafa bo‘laman. Shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutganim maqul? Do‘kon maktabga yaqin joyda, yana biri masjidga juda yaqin. Do‘kon egalari litsenziyasiz yashirin aroq savdosini qilsa kerak. Tegishli joylarga aytsak bo‘ladimi? Bunday vaziyatlarda musulmon kishi ko‘ngli og‘rir ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maktab va masjid yaqinida o‘sha ishlar qilinadigan bo‘lsa tegishli joyga aytib bo‘lsa ham uni yo‘qotish kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar