Dinni o‘rgatish haqida
Assalomu alaykum! Men Universitetda 1-kursda o‘qiyman. Ijarada turaman. Ijaramizni egasi xam bitta xonada turadigan xonadoshlarim xam din xaqida namoz haqida deyarli tushunchasi yo‘q. Allohga shukurki ota-onam dindan xabarlari bor inson bo‘lganlari uchun ozgina bo‘lsada xabarim bor deb o‘ylayman. So‘ramoqchi bo‘lganim mendan kattalarga xam xatolarini aytishim to‘g‘rimi? Lekin ularni xatolariga ko‘z yumush qiyin bo‘lyapti. Shu xaqda maslahat berishingizni so‘rab qolardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda qo‘pollik qilib, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuborish mumkin. Siz ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 156 | Ta’lim va muta’allim