Oyoq barmog‘imdagi muammo

Assalomu alaykum! Mening oyoq barmoqlarimning tirnoqlari etiga qarab o‘sib ketgan. Sal qaltisroq harakat qilsam, yursam yoki namoz o‘qiganimda et orasidan yiring chiqadi. Tahoratim buzilmasin deb et va tirnoq orasiga tahorat qilib bo‘lgach paxta tiqib qo‘yaman. Namoz o‘qib bo‘lgach paxtani olib qarasam yiring chiqqan bo‘ladi. Shunday qilishim to‘g‘rimi? Shunday holatda namoz, Qur’on o‘qishim mumkunmi, ya’ni paxta qo‘ygan holatda? Ba’zida tahorat olib bo‘lgach qarasam o‘sha joydan ozgina yiring chiqqan bo‘ladi, lekin yoyilmagan bo‘ladi. Bunday holatda ham tahorat durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezda jarrohga borsangiz to‘g‘rilab qo‘yadi. Yiring chiqishi ehtimoli bo‘lsa chiqmaydigan qilib harakat qiling. Bosmaslik kerak bo‘lsa bosmang. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 135 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar