Tahdid haqida

Assalomu alaykum! Bir kishi boshqasiga turli ishlar(hayotiga, ishiga, yaqinlariga va boshqa holatlar) bilan tahdid solishi hukmi qanday? Savollar ichidan bu toifadagi savolni uchratmaganim uchun shu mavzuda savol berdim. Haq bo‘lsa hukmi qanday yoki nohaq bo‘lsa hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhiy kitoblarimizda “Ikroh” ya’ni majburlash degan bobi bor. Uning ko‘p darajalari ham bor. Tahdidning haqli o‘rinlari ham bo‘ladi. Masalan qarzdor qodir bo‘laturib bermasa tahdid uslubini qo‘llashi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida:وَلِلْبُخَارِيِّ وَأَحْمَدَ وَالنَّسَائِيِّ: لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ وَعِرْضَهُ وَعُقُوبَتَهُ  Buxoriy, Ahmad va Nasoiy qilgan rivoyatda:
«Topganning bo‘yin tovlashi uning obro‘sini (to‘kishni) va uqubatini halol qiladi», deyilgan.
Aslida shariat bo‘yicha birovning obro‘sini to‘kish, azoblash harom. Ammo birovdan olgan qarzini imkoni bo‘laturib, bermay yurgan odamning obro‘sini to‘kish ham, azoblash ham halol bo‘lib qolar ekan.
Shuning uchun hukumat uning guvohligini qabul qilmaslik haqida qaror chiqaradi. Musulmonchilikda bu ish eng katta obro‘sizlik bo‘lib, unday odamni qamashga ham buyuriladi. Bu hol o‘zi uchun ham, boshqalar uchun ham eslatma, tanbeh bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar