Vaqtidan avval o‘qish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ma’lumki, hozir tun uzoq bo‘lgani uchun bomdod namozi kechroq o‘qiladi. Men ishlaydigan ishxona uyimdan uzoqda bo‘lganligi sababli uydan barvaqt chiqishim kerak va bu vaqt bomdod namozi vaqtiga to‘g‘ri keladi. Agar bomdod namozini o‘qib uydan chiqadigan bo‘lsam ishga kechikib boryapman. Shu sababli bomdod namozini taqvim kitobida ko‘rsatilgan vaqtdan avval o‘qishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi : إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا 103...Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayin farz bo‘lgandir. Namozni vaqti kirmasdan o‘qilsa ado bo‘lmaydi. Namoz o‘qishda masjidda o‘qiladigan vaqtga qarab o‘tirish shart emas. Taqvimdagi vati kirishi bilan o‘qish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:20 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar