Siratullo Raupov qiroati
Assalomu alaykum! Ustozlar, Tojikistonlik qori Siratullo Raupov qiroatlari men eshitgan qiroatlarim orasidagi eng yurakka yorib kirgani bo‘ldi. Xuddi shunday qiroat bilan ikki-uch surani o‘qib o‘rgandim. Ustozlar, Siratullo Raupov qiroatda qay roviyni qiroatida o‘qiganlar? Ularni qiroatlarida qiroat qilish mumkunmi? Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishi mintaqamizda ko‘pchilik qorilar qatori, Hafsning Osimdan qilgan rivoyatlarida o‘qiydi. Qiroatga qaysi millat, elatga taalluqli bo‘lishning aloqasi yo‘q. Qaysi rivoyatni o‘rgangan bo‘lsa, o‘shanda o‘qish kerak, o‘rganmagan qiroat rivoyatlarida o‘qish durust emas. U kishining qiroati asosida Qur’onni o‘rganishingiz mumkin, ammo bunday mustaqil ta’lim olayotgan odam o‘rganganlarini imkon topib, birorta qori ustozdan bir qator o‘tkazib olishi kerak. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 13:27 | Savol-javoblar | 176 | Qur’oni karim