Rossiya do‘konlaridagi go‘shtlar
Assalomu alaykum! Hozirda ko‘pchilik, ya’ni Rossiya davlatida ishlab yurishibdi. Ushbu davlatning yirik shaharlarida halol do‘konlari mavjud, lekin kichik shaxarlarida esa bunday do‘konlar yo‘q, hattoki masjidlar ham yo‘q. Bu xolat o‘z navbatida halol luqma bilan oziqlanish masalasida bir kancha noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Saytda xalol va xarom to‘g‘risida ko‘p javoblar yozilgan, lekin ishchilarning go‘sht va parranda maxsulotlari, hamda xar xil gamburger va shunga o‘xshash maxsulotlarni istemol qilish yuzasidan qanday yo‘l tutishlari bo‘yicha maslaxatlaringizni bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom