Ziyoratlar
Assalamu alaykum! Meni qiynayotgan narsa odamlarni ziyoratgohlarga judayam ko‘p qatnab va o‘sha narsaga borgan sari ishonib ketayotgani. Uning ustiga kattalar ham o‘shanga boshlayotgani. Bilsangiz kerak hozir "falon joyni ziyorat qilsang muammolaring hal bo‘ladi" yoki "falon qabrga borsang bola ko‘ramayotganlar bola ko‘rayapti, kasal odamlar shifo topayapti, oyog‘i shollar yurib ketayapti, va hokazo" degan gaplar ko‘paygan. Islomdan uncha bilimim yo‘q, lekin fikri ojizimcha qabrdagi odam qanchalik zo‘r olim bo‘lgan bo‘sada u o‘lib ketganidan keyin qanday qilib madad yoki shifo berishi mumkin? Kamiga o‘sha joylarda domlalar o‘tirib gapirayotgan narsalari g‘irt shirkku? Bunga hech kim qaramaydimi? Hech kim bu domlalarni tekshirmaydimi? Agar qabr va buyumlarga ishonib ketsak, buddistlardan yoki xristianlardan nima farqimiz bor? Nimaga masjidlarda imom xatiblar odamlarga shuni o‘rgatishmaydi? Bu katta ommoviy muammo emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://fiqh.uz/index.php/component/content/article/130-aqiyda/661-vasila-va-duo]https://fiqh.uz/index.php/component/content/article/130-aqiyda/661-vasila-va-duoBa’zilar vasilani biz omi xalqning iltijosi Alloh taologa etib bormaydi. Shuning uchun o‘z istak va xohishlarimizni muqarrab bandalarga havola qilib, so‘raydigan narsalarimizni ulardan so‘rashimiz kerak, deb tushunishadi. Shu sabab ular o‘z hojatlarini Allohning do‘stlaridan so‘raydilar. O‘z murodini avliyo va qabrda yotgan shaxslardan so‘rovchi kishilar: “Buyuk shaxslar Alloh taolo ularga bergan in’om bilan bizning xohishlarimizni ravo qilishga qodir” deb xayol qiladilar. Bunday kishilar yurtimizdan yashab o‘tgan buyuk shaxslar, jumladan “Imom Buxoriy”, “Imom Moturidiy”, “Zangi ota” kabilarni maqbaralariga borib, ziyorat qilish odobi bilan ularni ziyorat qilish va haqlariga duo qilish o‘rniga, o‘zlariga ulardan farzand, baxt-saodat so‘raydilar. Bu g‘irt jaholat va yotgan buyuk shaxslarni ilohiylashtirishdir. Vasilani bu tarzda amalga oshirishda ikki xato mavjud bo‘lib, ular:
1. Bunday odamlar Alloh taolodan so‘rashni dunyo shohlariga qiyos qiladilar, ya’ni shohlar huzuriga faqat a’yonlar kirisha oladi. Shuning uchun shohlarga omi xalq o‘z arzini havola qilish uchun a’yonlarni vosita qilishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi odamlar shundan kelib chiqib, Alloh taologa oddiy xalq o‘z arzini bevosita ayta olmaydi. Balki, o‘rtaga muqarrab bandalarni vosita qilishi lozim, deb o‘ylaydilar. Lekin, Alloh taoloni dunyo podshohlariga qiyos qilish boshdan oyoq xato hisoblanadi. Chunki, podshohlar o‘z xalqining har birining arzini bevosita eshita olishga imkoniyati yo‘q. Uning aksi o‘laroq, Alloh taolo barcha maxluqotlarning, jumladan, inson, farishta, jin va jonzotlarni arzini bevosita eshitguvchi va bilib turguvchi zotdir. Bu haqda aqida kitoblarida shunday deyiladi:
ويسمع دبيب النملة السوداء على الصخرة الصماء في ظلمة الليل
“Juda qorong‘u kechada qora tosh ustidagi qora chumolini o‘rmalashini ham (Alloh taolo) eshitadi va bilib turadi”.
Podshoh huzuriga har qanday odamni borishi mumkin emas. Lekin, Alloh taolo har bir shaxsga qon tomirlaridan ham yaqinroqdir.
عن الصلت بن الحكيم، عن أبيه، عن جده رضي الله عنهم ، قال : جاء رجل إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم، فقال: يا رسول الله: أقريب ربنا فنناجيه أم بعيد فنناديه ؟ فسكت رسول الله صلى الله عليه وسلم، فأنزل الله : " وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي."
Solt ibn Hakiym otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:
“Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:
“Ey, Allohning rasuli! Robbimiz yaqinmi Unga munojot qilsak yoki uzoqmi Unga nido qilsak?” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut saqladilar. Shunda Alloh taolo: “Agar bandalarim sendan Men haqimda so‘rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda ijobat qilaman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar” nozil qildi” (Tafsiru ibn Abu Hotam).
Har shaxs har vaqt va har on o‘z istaklarini Alloh taolodan so‘ray oladi va Alloh taolo har istakni tezdan to‘la ravo qiladi hamda har shaxsning murodini amalga oshirishga qodir zotdir. Shu bilan bir qatorda Alloh taolo o‘z bandalariga mehribon va mushfiqdir, ya’ni so‘raydigan narsalaring bormi so‘ranglar! Men uni albatta beraman, deguvchidir. Bunday dargohni tashlab darbadar va sargardon bo‘lib yurish boshdan oyoq jaholatdir.
Kim xohlasa kelsin va kim xohlasa ketsin.
Uning dargohini na darvozasi va na darvozaboni bor.
2. Ular dunyo podshohlari qo‘l ostidagi vazir, hokimllarga ba’zi ish yuritish borasida ixtiyor berganidek, Alloh taolo ham payg‘ambar, valiy, shahidlarga ba’zi tasarrufotlarni qilishlariga ixtiyor bergan deb, e’tiqod qiladilar. Ular Alloh taolo tarafidan berilgan ixtiyor tufayli o‘zlari xohlagan kishilarga berishga va xohlagan kishilarga bermaslikka qodirlar deb e’tiqod qiladilar. Bu fikr oldingi fikrdan ham buzuqrov va xatodir. Chunki, dunyo podshohi o‘z qo‘l ostidagilarga turli ishlarni o‘z ixtiyorlari bilan hal qilishni topshiradi. Bu uning ojizligi sabablidir. Chunki, u o‘z saltanatidagi mayda-chuyda ishlarni ham o‘zi yolg‘iz hal etishga imkoniyati bo‘lmaydi. Balki, yordamchi va ko‘makchiga ehtiyoji tushadi va u o‘z yordamchilarisiz saltanatni boshqara olmaydi. Uning aksi o‘laroq Alloh taolo koinotdagi kattayu kichik barcha narsalarni biluvchi, qodir zotdir. Koinotdagi kattayu kichik narsalar uning ilmidan va hukmidan tashqariga chiqib ketmaydi. Alloh taoloning ilmi, irodasi, mashiyati, qudrati, takvini eru osmondagi barcha narsalarni qamrab olgandir. Daraxtning birorta bargi uning ilmi, irodasi va hukmisiz hilpiramaydi. Shu bois bu dunyo nizomini o‘z o‘rnida davom etishi uchun biror vazir yoki o‘rinbosarga ehtiyoji yo‘q va ularni boshqarish ixtiyori biror kishiga berilmagan. Balki, barcha tasarruflar Alloh taoloning ilmi va irodasi bilan bo‘ladi.
Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh shunday deganlar:
“Agar bir kishi: “Bu ishga Alloh va Uning Rasuli guvoh” desa dindan chiqib qoladi. Chunki, u Rasululloh ham Alloh kabi g‘aybni bilguvchi ishimiz ustida hoziru nozir deb e’tiqod qilgan bo‘ladi. Avliyoullohlar bor narsani yo‘q, yo‘q narsani mavjud qilishga qodir emaslar. Bas, ularga yo‘qdan bor qilish va bordan yo‘q qilish, rizq va farzand berish, balo va kasallikni daf’ qilish hamda boshqa narsalarni nisbatini berish kufr hisoblanadi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ وَلَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
“O‘zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo‘ladi. Agar g‘aybni bilganimda yaxshilikni ko‘paytirib olgan bo‘lar edim va menga yomonlik etmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos, deb ayt” (A’rof 188 oyat).
Shu bois biror bir banda o‘zi yoki boshqalar uchun biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsa, Alloh taoloning o‘zidan so‘rashi lozim. Falonchilar Allohning noibi so‘raydigan narsamni ulardan so‘rasam ishim oson bitadi, deb johilona o‘ylamaslik lozim.
Vasila qilishni muqarrab bandalar xizmatida bo‘lib, ularga arzimizni aytamiz va ulardan hojatlarimizni so‘raymiz, deb e’tiqod qilish xato va noto‘g‘ridir. Qur’oni karimda maxluqqa duo qilib, undan hojatini so‘rashni zalolat deyilgan:
وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ يَدْعُو مِنْ دُونِ اللَّهِ مَنْ لَا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَنْ دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ
“Allohni qo‘yib, qiyomat kunigicha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, U(but)lar ularning duosidan g‘ofildirlar” (Ahqof 5 oyat).
Muqarrab bandalardan o‘z hojatini so‘rab duo qilish eng yomon ish ekanligi Qur’oni karimda bayon qilinmoqda. Chunki, duo ulug‘ bir ibodatdir. Bu haqda hadisi sharifda shunday deyilgan:
عن أنس بن مالك رضي الله عنه أنَّ النبي صلى الله عليه وسلم قال: "الدُّعاءُ مُخُّ العبادةِ" أخرجه الترمذي.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ibodatning mag‘zidir” dedilar” (Termiziy rivoyati).
عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رضي الله عنه، قَالَ : سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: الدُّعَاءُ هُوَ الْعِبَادَةُ ، ثُمَّ قَرَأَ : "وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ".
Nu’mon ibn Bashiyr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ayni ibodatdir”, deb: “Robbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman...” dedi” (oyatini) o‘qiganlarini eshitdim” (Adabul mufrad).
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَيْسَ شَيْءٌ أَكْرَمَ عَلَى اللهِ مِنَ الدُّعَاءِ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasulloh sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh taoloning huzurida duodan ko‘ra qadrliroq narsa yo‘q” dedilar” (Adabul mufrad).
Shayx Abdulhaq muhaddisu Dehlaviy ushbu hadislarning sharhida:
“Duo ibodatlarning xulosasi, ya’ni Alloh taolo huzurida o‘zini nihoyatda ojizligini his qilish va xushu’, xuzu’ni izhor qilish bo‘lgani bois, eng afzal ibodat va ibodatlarning mag‘zi hisoblanadi. Duoda xushu’, xuzu’ mukammal tarzda o‘z isbotini topadi. Shunga binoan duo Alloh taolo dargohida barcha ibodatdan ustun hisoblanadi” deganlar.
Duo faqat ibodat emas, balki ibodatlarning mag‘zi va xulosasi ekan Alloh taolodan o‘zgaga ibodat qilish joiz bo‘lmagani kabi, Undan o‘zgaga duo ham qilinmaydi, ya’ni har bir banda o‘z istak va xohishlarini Alloh taolodan so‘rashi lozim. Zero, ibodatlar Alloh taoloning haqqi hisoblanadi.
Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh bu haqda shunday deganlar:
“O‘tib ketgan yoki yashab turgan avliyoullohlardan va Payg‘ambar alayhissalomlardan biror narsa so‘rab duo qilish joiz emas. Bu haqda “Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ayni ibodatdir”, deb: “Robbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar”, dedi” (oyatini) o‘qiganlar”.
Johil kimsalar: “Yo, Abdulqodir Jiyloniy Xudo uchun menga bir nima bering” “Yo, Baxovuddin Naqshband Xudo uchun menga bir nima bering” deydilar. Bunday deyish shirk va kufrdir. Lekin, “Ey, Allohim falon o‘zinga muqarrab bandang tufayli meni bu ishimni to‘g‘rilagin” deyishda hech qanday haraj yo‘q. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ فَادْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
“Albatta, Allohdan o‘zga siz unga duo qilayotgan zotlar o‘zingizga o‘xshash bandalardir. Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, ularni chaqirib ko‘ring, bas, sizga javob bersinlar-chi!” (A’rof 194)”. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar