Xolamga eridan zulm bo‘lishi

Assalomu alaykum! Xolam qiyin axvolda nima qilishini bilmay yuribdilar, maslaxat bering javobingizni InshAlloh xolamga ko‘rsataman. Xolam rossiyada yashab eridan ko‘p zulm ko‘rib yashadi. Xolam muslima ayol. Rossiyada uyda namoz o‘qib o‘tirsalar erlari ataylab namozni o‘rtasidan kesib o‘tib, zulm qilar ekan va joynamozlarini uloqtirib ro‘molingni echasan deya gaplar xam aytar ekan. Erlari otasini urib, otasini boshiga xam shikast edirgan ekan. Onasini xam juda yomon gaplar bilan so‘kadi. Bu ota-onasiga oq bo‘lgan erlari bilan yashash joizmi? Xolamdan u inson daxriymi deb so‘rasam aytmadilar, o‘zlari xam bilmaydi, menimcha. Xolamni bu menga aytganlari, yana nimalar bo‘lgan bilmadim. Shuncha bu ishlardan keyn eri dindan chiqib qolmadimi? Agar dindan chiqqan bo‘lsa o‘rtadagi nikox buziladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo erning o‘zi bilan alohida gaplashib ko‘rish kerak. Iymon, e’tiqodini o‘rganish kerak. Keyin bir hukm qilinadi. Usiz hech narsa deyolmaymiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar