Nomahram nigohidan saqlanish

Assalomu alaykum! 1. Hijobli qiz pasportga rasmga tushishi uchun romolini echishi keregakan agar nomahramni yonida hijobini echsa gunoh boladiku bunaqa holatta nma qilish kere. 2.Ayol uyda hijobsiz yurganda tosattan nomahram inson uyga kelib qolsa romolini orashga ulguromiy qosa nma boladi bunda kim gunohkor boladi . Yoki shu holatta ayol tavba qilishi keremi. Savollarimdigi hatolila uchun uzr . Javobla uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayol suratchisi bor pasport stolga borish kerak.  2). Avvalo nomahram kishi birovning uyiga kirishddan oldin ruxsat olishi kerak. Erkaksiz uyga kirishi joiz emas. Zarurat bo‘lsa albatta oldida bir kishi bilan kirishi kerak. Chunki shariatda ikki bir-biriga nomahram erkak-ayol yolg‘iz qolishi mumkin emas. Ota-bobolarimiz bu borada bizga o‘rnak bo‘lishgan. Ba’zida nomahramni uyga olib kirishga hojat bo‘lib qolsa, ayollarga xabar berib qo‘yishgan. “Po‘sh-po‘sh”, deb qo‘yishgan. Shuning uchun kishi o‘zining uyiga kirishda ham nomahram ba’zi ayollar bo‘lish ehtimoli bo‘ladigan bo‘lsa, ishora qilib ovoz chiqarib bildirib qo‘yishi kerak bo‘ladi. Momolarimiz ham shu kabi farosatli bo‘lishgan. Nomahram erkaklarga umuman ro‘para bo‘lishmagan. Shunga amal qilinsa, bu kabi noqulay holatlar vujudga kelmaydi in sha Alloh. Bu hammasi uydagi tarbiyaga bog‘liq. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar