Paynetchiman lekin agentmas
Assalomu alaykum! Bundan oldingi paynetchilik bo‘yicha berilgan savollarga Paynetda ishlovchiga paynet kompaniyasi tomonidan 2 yoki 2.5% bonus chiqadi ularga shu xizmat haqqi paynetchilar xalqdan pul olishi joiz emas deb javob berilgan ekan. Men paynetchiman lekin paynet kompaniyasiga agent emasman. Ya’ni kompaniya bilan agentlik shartnomasini tuzmaganman. Shunchaki agentlar bilan sheriklikda ishlaymiz. Kompaniya tomonidan chiqadigan bonusni ular oladi chunki depozitga pulni ular tashlaydi. Men esa odamlardan xizmat haqi olaman menga hech qanaqa bonus chiqmaydi berilmaydi. Masalan odamlar 10.000 bersa telefoniga 9.000 yoki 9.500 tashlayman. Savolim menga kompaniya hech qanaqa pul bermaydi, shuning uchun shu yo‘l orqali odamlarning telefoniga pul tashlab ulardan xizmat haqi olib pul topishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga haqingizni siz ishlayotgan agentingiz berishi kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga haqingizni siz ishlayotgan agentingiz berishi kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom