Qarindoshlik aloqasini uzish haqida
Assalomu alaykum! Zino orqali, tovlamachilik yo‘li bilan halol ishlamay kun kechiradigan, qarindoshlar orasida ig‘vo-tuhmat qilib qarindoshlarni ajratadigan, maishatdan, ichkilikdan qaytmaydigan qarindoshim bor. Bu yo‘ldan qaytarishga yillar davomida harakat qildim. Afsuski gunohlardan qaytmadi. Ular bilan aloqani uzsam gunoxkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Shariatimizda Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish degan narsalar bor. Zotidan nafratlanmang, mabodo biror gunoh ish qilsa sizni shu ishingiz uchun yomon ko‘raman deyishingiz kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar