Kufr keltirdimmi
Assalomu alaykum! Men bir so‘zni jaxil aralash gapirib qo‘ydim. Endi shu so‘z ich-ichimni kemiryapdi. Maxalladoshimni ishlari yurishib iqtisodi ancha ko‘tarigan bizni mexmonga chaqirdi. Shunda kattalar ko‘z tegmasin deyishdi. U Alloh berishini yanglishmasin dedi. Juda g‘ashim keldi.. Keyin bollardan nechta deyishdi, u to‘rtta edi bittasi xato bo‘ldi dedi. Qaytar vaqitda duo qilishdi unda shuday so‘zlar bor edi o‘tirish turishingni Alloh buzmasin. Chidolmadim. Alloh yanglishmaydi xato qilmaydi Alloh buzg‘unchimas. U tug‘magan tug‘ilmagan avali yo‘q oxiri yo‘q tengi yo‘q sherigi yo‘q yo‘qdan bor qilguchi bordan yo‘q qilguchi ROBIL A’LAMIN yanglishsa xato qilsa uzotni ALLOHligi qaerda qoladi dedim. Kattalar boshqacha qarash qilishdi. Rosa uyaldim men umuman gapirmasdim og‘zimdan chiqib ketti pushaymonman tovba qilyapman baribir taskin topolmayapman. Men kufr keltirdimmi dindan chikdimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri gapirmagansiz. U birodarning xato so‘zlarini alohida chetga olib falon falon gapingiz falon sabab bilan xato va iymoningizga zarar berishi mumkin, uning o‘rniga bunday desangiz to‘g‘ri bo‘ladi deb Alloh uchun nasihat qiling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 138 | Aqiyda