Do‘stimdan olgan qarzni aylantirish

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimdan 3 mln qarz olganman. Men qora mol olib sotaman, do‘stim menga pulni berdi, lekin xech nimaga aralashmaydi. Men 1 mln foyda ko‘rsam 400ming do‘stimga 600menga oyiga foydaga qarab pul berib turaman. Molni o‘zim olaman, o‘zim sotaman, lekin bir odam sizlarni bu ishingiz to‘g‘ri emas deb aytdi. Bu sudxo‘rlikka kirmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni bergan do‘stingiz bilan foydani 60% meniki 40% seniki deb kelishib oling. Ziyon ko‘rsa puldan ziyon ko‘radi. Buni ham aytib qo‘ying. Shunda sudxo‘rlik bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar