Bu pullarni ishlatish harommi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir tanishim eri bilan savdo qiladi. U shu savdodan tushgan pullardan ancha pul to‘pladi. Albatta erining bundan xabari yo‘q. Unga eridan rozilik olishi kerakligini aytdim. Lekin u katta miqdordagi pul bo‘lganligt uchun eriga aytishdan qo‘rqib u pullarni ishlatib yubormoqchi. Yaqinda o‘sha pullarni berib yangi rusumdagi telefon olib kelib berishimni so‘radi. Savolim shuki unga aytgan narsasini olib bersam men ham gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ishga aralashmang. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar