Tahoratda yomg‘ir suvi

Assalomu alaykum! Men boshqa tumanda chekkaroq qishloqda kvartirada turib ishlayman, bu erda masjid yo‘q, ichimlik suvi muommo. 2-3 kunda bir necha soat vodoprovoddan ichimlik suvi keladi. Shunda idishlarga olib qolamiz, men ham tahoratimni asosan ishda bo‘lganim uchun tuman markazida masjidlarda qilib kelaman yo o‘zim uchun tahoratga toza suvdan olib qo‘yman. Men turgan joyda aholi yuvinish uchun asosan yomg‘ir suvlaridan ishlatadi bu suvni tami tahir va hidi bor. Savolim shu ediki men junub bo‘lib qolgan paytlar suv muommo bo‘lgani va yomg‘ir suvidan shubhalangnim uchun bomdodga tayammum qildim, kuduzi toza suv topib g‘usil qlidim shu ishim to‘g‘rimi va shunday suv muommo va shubhali paytda qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yomg‘ir suvi toza, hidi ta’mi bo‘lsa ham bemalol g‘usl va tahorat qilavering. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 187 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar