Turmush o‘rtoq tanlashda qiynalish va tuxmat

Assalomu alaykum! Alloh insonlarga yordam berayotganingizdan o‘zi rozi bo‘lsin. Yoshim 22 da Alhamdulillahki 5 maxal namoz o‘qiyman va Alloh qodir qilganicha farz va sunnat amallarini bajarishga xarakat qilayapman. Bilaman taqdir Alloh iznida va barcha bo‘ladigan narsalar Alloh tomonidan yozib qoyilgan va ozgarmaydi. Lekin nimagadir menda turmush o‘rtoq tanlashda qiynalayapman kelgan sovchilarni brortasini konglim xoxlamayapti xatto tavakkul qilish uchun xam azgina bo‘lsaxam xoxish bo‘lamyapti. Eshitgandim taqdir bo‘lsa Alloh ozi oson qiladi va qalbga xoxishni solib qoyadi deb. Men qachondir Alloh qalbimga soladi va taqdirim kelganida xoxlab qolaman deb qattiq ishonchdaman lekin oilamdegilar yoshin kotta bo‘lb qolayapti deya xavotirda meni suquvga olishaveryapti. Maslaxat beringlar nima qilay. Ikkinchi savolim. Onam shu sovchilarga yoq deyavergaimdan jaxlda meni urushaveryaptilar va urushganlarida seni namozin xijobing soxta deb tuxmat qilaveryaptilar lekin men riyodan qorqaman xammasi Alloh rizoligi uchun. Bir kun Alloh taqdirimni beradi va men xoxlab qolaman desam Xadeb Alloh deyaverma bunchalik taqvo qilma xam dedilar. Va sen bir umir Allohga nido qilib otib ketasan Alloh xam sendan xarakat mendan barokat degan dedilar ular xarakat deganda dunyoviy xarakatni nazarda tutdilar. Men insha Alloh bir kun taqdirimni berganda xoxlab qolaman desam xadeb Alloh Alloh deb bundayin taqvodor bo‘lma xam dedilar axir Allohdan ozga kim bizga madadkor. Men duo ibodat qilib xarakat qilayapman axir oddiy qul bo‘lsam qolmdan nima xam kelardi barchasi Alloh izida bo‘lsa. Ozlari namoz oqiyamdilar biladilar lekin dunyo gami bilan bo‘lb oqimayaptilar. Ozlari ibodatda bo‘lmay meni ibodatimini riyo deb tuxmat qilishlari va boshqa gaplari tog‘rimi. Ular gunohkor bo‘lishlaridan qorqayapman. Men Alloh bergan xar bir kuniga roziman va tavakkuldaman lekin uydagilar tazyiqi meni broz tushkunlikka solayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dindori kelsa, axloqi sizni rozi qilsa turmushga chiqing. Hadislarda juft tanlashda diniga e’tibor qaratilishi aytib o‘tilgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تُنْكَحُ الْمَرْأَةُ لِأَرْبَعٍ: لِمَالِهَا، وَلِحَسَبِهَا، وَلِجَمَالِهَا، وَلِدِينِهَا فَاظْفَرْ بِذَاتِ الدِّينِ تَرِبَتْ يَدَاكَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayol to‘rt (narsasi) uchun nikohlanadi: moli uchun, hasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ayol kishiga uylanishdan oldin uning qiziqtiradigan sifatlariga qaraladi. Ushbu hadisi sharifda o‘sha nikohiga rag‘bat qilinadigan ayolda bo‘lishi lozim bo‘lgan yaxshi sifatlardan to‘rtta eng mashhuri va ommaviysi haqida so‘z ketmoqda.
Agar ushbu to‘rt sifat – mol ham, jamol ham, hasabu nasab ham dinu diyonatga qo‘shilib, bir qizni muzayyan qilib tursa, albatta, yaxshi.
Ammo mazkur to‘rt sifat bir-biri bilan solishtirilsa, ular orasida dindorlikka teng keladigani yo‘q. Balki qolganlariga yana boshqa bir qancha yaxshi sifatlar qo‘shilsa ham, dindorlik sifatiga eta olmaydi.
Chunki moldorlik vaqtincha. Qolaversa, mol-mulkining ko‘pligi kelinning hovliqishiga, kuyovni va uning yaqinlarini mensimasligiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Dindorlik bo‘lmagan joyda moldorlik ko‘pgina noqulay ishlarga sabab bo‘lishi turgan gap.
Hasab so‘zi obro‘-e’tibor, sharaf, nufuz degan ma’nolarni anglatadi.
Hasabu nasabi yaxshi kelin albatta, yaxshi. Lekin faqat hasabu nasabiga ishonish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Ota-ona, bobo-momolar yaxshi o‘tgan bo‘lsalar, yaxshi, lekin ular uylarida qoladilar. Kuyovnikiga faqat kelin keladi. Agar kelin dindor bo‘lmasa, hasabi va nasabi bilan faxrlanib, kuyovni va uning yaqinlarini xijolat qilishi mumkin.
Jamol ham o‘zicha yaxshi narsa. Lekin bu ham o‘tkinchi. Ma’lum muddatdan keyin kelinning jamoli o‘zgarishi turgan gap. Buning ustiga, faqat jamolga suyanib ish qilish ham yaxshilikka olib bormaydi.
Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dindor kelinni ixtiyor qilishga buyurmoqdalar. Dindorlik haqiqiy va bardavom yaxshi sifatdir. Kelin dindor bo‘lsa, kuyovni va uning yaqinlarini hurmat qiladi. Oilaning haqiqiy ustuni va porlab turgan chirog‘i bo‘ladi. Undan dunyoga keladigan farzandlar ham ajoyib insonlar bo‘lib etishadilar.
Dindor kelin o‘z burchi va mas’uliyatlarini shariat ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘liq ado etib yashaydi.
Dindorlik haqiqiy boylikdir!
Dindorlik haqiqiy hasab va nasabdir!
Dindorlik haqiqiy go‘zallikdir!
Shuning uchun ham qizlarimizni dindor qilib tarbiyalashga urinishimiz kerak. Shuning uchun kelin tanlaganimizda dindor kelinni tanlashimiz lozim.عَنْ أَبِي حَاتِمٍ الْمُزَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا جَاءَكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ، إِلَّا تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَإِنْ كَانَ فِيهِ؟ قَالَ: إِذَا جَاءَكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَحَسَّنَهُ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ  Abu Hotim al-Muzaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon sizga o‘zingiz dinidan va xulqidan rozi bo‘lgan kishi kelsa, unga (so‘raganini) nikohlab bering. Agar shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va fasod bo‘lur», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, agar unda
(faqirlik va hokazo) bo‘lsa ham-a?» deyishdi.
U zot «Qachon sizga o‘zingiz dinidan va xulqidan rozi bo‘lgan kishi kelsa, unga
(so‘raganini) nikohlab bering», deb uch marta aytdilar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Bu hadisi sharifdan dini va xulqi yaxshi bo‘lgan yigit eng munosib kuyov bo‘lishi qattiq ta’kidlanganligi kelib chiqmoqda. dini va xulqi rozi bo‘ladigan darajadagi kishi tomonidan bir odamning qizi kelinlikka so‘rab kelinsa-yu, berilmasa, er yuzida fitna va fasod ish qilingan bo‘lishi uqdirilmoqda.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu gapni eshitib, «Agar u odam kambag‘al yoki rag‘bat qilinmaydigan boshqa sifatlarga ega bo‘lsa ham-a?» degan ma’nodagi savolni berganlarida u zot oldingi gaplarini uch marta qayta takrorlashlari kishidagi dindorlik va xulqi yaxshilik naqadar ulug‘ sifat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Biz, mo‘min-musulmonlar kuyov tanlash paytida ushbu nabaviy maslahatlarga amal qilsak, albatta, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lamiz.
Endi kelinlikka nomzod ham, kuyovlikka nomzod ham surishtirib bo‘lindi. Sifatlari, dinu diyonati, odob-axloqi va odamgarchiligi o‘rganildi. Ana shu ma’lumotlarga qarab, oila qurishga niyat qilinadi.
Mazkur so‘rab-surishtirish orasida fotiha ushatilib, to‘y boshlab yuborilaveradimi?
Kelinlikka va kuyovlikka nomzodlar bir-birlarini to‘ydan oldin ko‘rishlari gunoh hisoblanadimi?
Yoki ba’zi birlar aytganidek, yoshlar bir-ikki yil birga yurib, bir-birini sinab ko‘rishlari kerakmi?
Islomda yuqorida so‘ralgan ikkala uslub ham noto‘g‘ri hisoblanadi.
Bir-birini ko‘rmasdan, oila qurish yaxshi emas. Buni quyida keladigan hadisi shariflardan o‘rganamiz, inshaalloh. Bir-birini ko‘rmagan kishilar yuz ko‘rishganlarida bir-birlariga yoqmay qolishlari ham mumkin. Ikkinchidan, sifatlari surishtirilganda boshqani ko‘rsatib, nikohga boshqani olib kelish xavfi ham bor. Boshqa odamning suratini ko‘rsatib, tamoman o‘zga kishini nikohlamoqchi bo‘lganlar ham topiladi. Shuning uchun oila qurmoqchi bo‘lgan ikki taraf avval bir-birlarini ko‘rganlari ma’qul.
Lekin bu ba’zi dindan bexabar g‘ayridinlarning «Oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bir-ikki yil sinashib, keyin nikohdan o‘tishlari kerak», degan gaplarini tasdiqlash emas. Bu Islomda mutlaqo joiz emas, harom narsadir. Balog‘atga etgan er va ayolning xoli qolishlari hech mumkin emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam agar begona erkak va ayol xoli qolsalar, uchinchilari shayton bo‘lishini ta’kidlaganlar.
Eng qizig‘i, mazkur «sinash» davrida har ikki tomon ham maqsaddagi sinovga erisha olmasligini tajriba isbot qilmoqda.
Sinashib turmush qurganlarning oilasi tezroq va ko‘proq buzilishini hamma ko‘rib-bilib turibdi. Chunki har ikki taraf ham «sinash» davrida o‘z kamchiliklarini berkitishga, o‘zida yo‘q fazilatlarni ham bor qilib ko‘rsatishga jon-jahdi bilan urinadi. Oqibatda ikki tomon ham bir-birini aldaydi, bir-biriga «farishta» bo‘lib ko‘rinadi. Lekin qalbakilik umr bo‘yi davom etishi mumkin emas. Nikohdan keyin ikki tomon ham tezda o‘zining haqiqiy basharasini ochadi. So‘ngra kelishmovchiliklar chiqadi va oila buziladi. Faqat «sinash» davridagi harom-xarish yurish, gunoh, ba’zi hollarda zino, zinodan ortgan farzand qoladi, xolos. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 199 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar