Namoz o‘qilmay o‘tgan umr

Assalomu alaykum! Namozdi o‘qilmay o‘tgan umr uchun qazo namozini o‘qish mumkinmi va mumkin bo‘lsa unda zikr va oyatul kursini o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida ado qilmasdan qoldirilgan farz va vitr namozlarini, ramazon oyida qoldirilgan ro‘zalarni qazolarini o‘qib va tutib berish shart. Zikr va Oyatul Kursiylarni har birida o‘qimasa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar