Isor haqida

Assalomu alaykum! Savolim biroz uzun. Buning uchun uzur. Biz yaqinda yaqin qarindoshimzning 30-40ta ayol qizlar ishlaydigan tsexga sherikchilik qilib ish boshladik. U erda o‘zim ham ishlab kelmoqdaman. U erda tabiiyki barcha menga nomahram va ularning bazi birlariga din haqida qo‘limdan kelgancha aytib kelmoqda edim va bazi birlari hidoyatga qaytishdi inshaolloh. Abdulloh domlaning maruzasini eshitdim unda nomaxramga din xaqida aytib uni xidoyatga boshlash noto‘g‘ri ekan. Negaki foydani keltirishlikdan ko‘ra zararni daf etish muqaddam turar ekan. Savolim, bu qilganlarim gunohmi? Agar joiz bo‘lmasa ularga qanday yo‘l orqali hidoyatiga sabab bo‘lishim mumkin? Nomahramga faqat shaxvat ko‘zi bilan qarab bo‘lmaydimi yoki hech sabab qarab bo‘lmaydimi? Masalan ish yuzasidan menga murojat qilishsa men ularga yuziga qarab javob berishim mumkunmi? Yoki ishxonada oldimdan yonimdan yurib o‘tishganda beixtiyor ko‘zim tushsa bu ham joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kimning holati har xil. Sizning foydangiz tegayotgan bo‘lsa, o‘zingiz ular bilan apoq-chapoq bo‘lib fitnalanib qolmaydigan bo‘lmasangiz o‘rgatavering. Sizga bo‘lgan ishonchidan foydalanib buzuqlik qilib qo‘ymasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar