Birovning diplomi nomidan ish yuritish haqida

Ustoz bir tanish muslima singlimizning nomidan bir savolimiz bor edi, u quyidagicha savol:    <span>1. Muslima tanishim bor, Farmasevtika institutini tugatgan. U kishining diplomi apteka ochib yuritish uchun lisenziyadek huquqni beradi. Hozir bola tarbiyasi bilan, erining roziligi uchun uydalar, hech qaerda ishlamayapdi. Lekin, u kishining diplomidan qarindoshlari  foydalangan holda,  o‘sha opaning nomidan apteka ochib yuritishmoqda, va bu orqali ro‘zg‘orini tebratmoqda. Va dorixonani yuritayotgan kishilar, diplomini berib qo‘yib, o‘zining nomidan ish yuritish uchun ruxsat bergani uchun (vaholanki bu davlat qonunlariga ko‘ra noqonuniy)  o‘sha opaga rozi bo‘lib oylik daromadidan pul beradilar. Opaga ovsini aytarmish-ki, "sen diplomingni berib qo‘yib, uning izidan topayotgan puling halol emas, bu huddi sudxo‘rlikka o‘xshash, ribo" debdi (Astag‘furilloh).   <span> <span>Ustoz haqiqatdan ham ushbu topilayotgan pul harom bo‘ladimi (ikki tomonga hammi? ) ?        
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Diplomni berish bilan birga ishda ham keragicha ishtirok etsa bo‘ladi. Misol uchun hujjat ishlari yoki mazkur hujjat egasidan qoida bo‘yicha talab qilinadigan ishlarni.  

26 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar